Xizmat shartlari

  1. Buyurtma — dizayn, miqdor va aloqa ma’lumotingiz adminga yuboriladi. Admin maketni siz bilan kelishgach, buyurtma ishga tushadi.
  2. Maket va imlo — ism, lavozim va logoni siz tekshirasiz. Tasdiqlangan maketdagi matn xatolari uchun javobgarlik buyurtmachida; qayta tayyorlash admin bilan kelishiladi.
  3. Logo — yuborgan logotip va matnlardan foydalanish huquqi sizda ekanini tasdiqlaysiz.
  4. Rang — ekrandagi rang va 3D ko‘rinish taxminiy; tayyor beyjik biroz farq qilishi mumkin.
  5. Muddat — maket tasdiqlangach 3 ish kuni. To‘lov tartibi admin bilan kelishiladi; yetkazish narxga kirmaydi.
  6. Maxfiylik — ism, telefon va buyurtma ma’lumotlari faqat buyurtmani bajarish va siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi; sotilmaydi va reklama uchun boshqalarga berilmaydi. Brendingizni ruxsatingizsiz namuna sifatida ko‘rsatmaymiz.

Model 01 / 04

Klassik

76 × 38 mm

↻ Aylantirib ko‘ring · bosing — old tomonga buriladi