Hujjatlar
Xizmat shartlari
Buyurtma berishdan oldin o‘qib chiqing. Konstruktorda rozilik belgisini qo‘yib, «Buyurtma berish»ni bosganingizda shu shartlarni qabul qilasiz.
Yangilangan: 22.10.2026
Buyurtma qanday rasmiylashadi
- Beyjikni konstruktorda yig‘asiz, miqdorni tanlaysiz va aloqa ma’lumotingizni yozasiz.
- «Buyurtma berish» bosilganda dizayn, miqdor va aloqa ma’lumotingiz adminga yuboriladi.
- Admin siz bilan Telegram yoki telefon orqali bog‘lanib, maketni kelishadi. Buyurtma maket tasdiqlangandan keyin ishga tushadi.
Maket va matnlar
- Ism, lavozim, logo va boshqa yozuvlarni siz tekshirasiz («Maketni tekshirdim» belgisi).
- Tasdiqlangan maketdagi imlo va matn xatolari uchun javobgarlik buyurtmachida. Bunday holatda qayta tayyorlash admin bilan kelishiladi.
- Ekrandagi rang va 3D ko‘rinish taxminiy: tayyor beyjikning rangi va yaltirashi biroz farq qilishi mumkin.
Logo va huquqlar
- Yuborgan logotip, nom va matnlardan foydalanish huquqi sizda ekanini tasdiqlaysiz.
- Boshqa kompaniyaning belgisini ruxsatsiz tayyorlash so‘ralsa, buyurtmani rad etishimiz mumkin.
- Brendingiz va beyjiklaringizni ruxsatingizsiz namuna sifatida ko‘rsatmaymiz.
Narx, muddat va to‘lov
- Narx — konstruktordagi hisob bo‘yicha; eng kam buyurtma — 5 dona. 30 va undan ko‘p dona narxini admin aytadi.
- Tayyorlash muddati — maket tasdiqlangach 3 ish kuni.
- To‘lov tartibi admin bilan kelishiladi.
Yetkazib berish
- Tayyor beyjiklar uchinchi tomon xizmatlari orqali yetkazib beriladi; yetkazish narxi va muddati — xizmat tarifi bo‘yicha.
- Yetkazish buyurtma narxiga kirmaydi — uni buyurtmachi to‘laydi (admin yetkazishga chegirma bermagan bo‘lsa).
Maxsus buyurtma
- Beyjiklar sizning ismlaringiz va logongiz bilan maxsus tayyorlanadi. Tayyor buyurtma bo‘yicha savol va e’tirozlarni adminga yozing — har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi.
Maxfiylik
- Biz faqat buyurtma uchun kerakli ma’lumotlarni olamiz: ism, telefon, xohlasangiz Telegram nomi va izoh, dizayn fayllari va ismlar ro‘yxati.
- Ular faqat buyurtmani bajarish va siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi; sotilmaydi va reklama uchun boshqalarga berilmaydi.
- Konstruktor dizayningiz va aloqa ma’lumotingizni keyingi safar uchun faqat sizning qurilmangizda (brauzerda) saqlaydi.
- Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash uchun adminga yozing: @budjetchi.
Shartlar o‘zgarishi
- Shartlar yangilanishi mumkin; buyurtma berilgan kundagi shartlar amal qiladi.