Asosiy mazmunga o‘tish
BEYJIK·PRO

Yordam

Ko‘p so‘raladigan savollar

Javob topmadingizmi — Telegram’da adminga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling.

Eng kam buyurtma qancha?

5 dona — hamma beyjiklar bo‘yicha jami. Ismlar kam bo‘lsa, Ismlar bo‘limida beyjik qo‘shing, bitta beyjik sonini oshiring («Shu beyjikdan nechta») yoki «Ismlarni keyin yuboraman»ni tanlang — jami sonini yozasiz, ismlarni adminga keyin yuborasiz.

Beyjik qancha turadi?

Har qanday model — 35 000 so‘m, logo pechati narxga kiradi. Qo‘shimchalar va miqdor chegirmalari — Narxlar sahifasida.

Qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?

Maket tasdiqlangach 3 ish kuni.

Qanday buyurtma beraman?

Beyjikni konstruktorda yig‘ing, ism va telefoningizni yozing, xizmat shartlariga rozilik bildiring va «Buyurtma berish»ni bosing — buyurtma adminga darhol yuboriladi. Admin siz bilan Telegram yoki telefon orqali bog‘lanib, maketni kelishadi. Batafsil — Qanday ishlaydi.

To‘lov va yetkazish qanday?

To‘lov va yetkazish admin bilan kelishiladi.

Beyjik nimadan yasaladi?

Ikki qatlamli ABS plastikdan — tilla yoki kumush ko‘rinishli. Yozuvlar UF pechat va lazer o‘yma bilan tushiriladi.

Logo qanday formatda kerak?

Eng yaxshisi — shaffof fonli PNG yoki SVG; PDF va AI ham bo‘ladi. Konstruktor fonni o‘zi tozalaydi va sifatini tekshiradi.

Har bir xodimga alohida ism bilan qilsa bo‘ladimi?

Ha. Ismlar ro‘yxatini Excel yoki Google Sheets’dan joylang — dizayn bitta, har bir beyjikda o‘z ismi.

Ranglar ekrandagidek chiqadimi?

Ekrandagi rang chop etilgandan biroz farq qilishi mumkin. Tayyorlashdan oldin admin maketni siz bilan kelishadi.

Qanday mahkamlash bor?

Magnit, igna yoki gibrid (magnit va igna birga: +10 000 so‘m, 20 donadan +7 000 so‘m). Bo‘yi past beyjikka (Slim, 17,5 mm) gibrid qo‘yilmaydi — magnit va igna yonma-yon tushib, beyjikni qiyshaytiradi; unga magnit yoki igna tanlang.

Lentali beyjik bormi?

Tez orada.

Qachon ishlaysiz?

Dushanba–shanba 9:00–23:00, yakshanba 10:00–22:00. Saytda istalgan vaqtda buyurtma berishingiz mumkin — admin ish vaqtida siz bilan bog‘lanadi.